Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalardan to‘liq tozalash uchun qancha vaqt ketadi?

Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalardan to‘liq tozalash uchun qancha vaqt ketadi?

Ho‘rmuz bo‘g‘ozini Eron tomonidan o‘rnatilgan minalardan to‘liq tozalash uchun olti oy vaqt ketishi mumkin — The Wall Street Journal.

"Pentagon rasmiylariga ko‘ra, hattoki harbiy harakatlar to‘xtab, blokada yechilgan taqdirda ham, minalarni tozalash oylab vaqt olishi mumkin. Bunday amaliyot urush tugamaguncha boshlanishi dargumon", deb yozdi nashr.

Olti oylik muddat haqidagi kutilma AQSh Kongressi Vakillar palatasining Qurolli kuchlar qo‘mitasi a’zolariga maxfiy brifingda aytilgan. Unga ko‘ra, Eron bo‘g‘oz atrofida 20 dan ortiq minalar o‘rnatgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi minalar GPS texnologiyasi yordamida masofadan boshqariladi. Bu ularni aniqlashni qiyinlashtiradi.

Pentagon matbuot kotibi Shon Parnell esa bu hisobotni rad etdi. Uning aytishicha, ma’lumotlarning aksariyati yolg‘on va olti oylik muddat haqiqatdan yiroq.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida minalar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan 1400 kvadrat kilometrlik “xavfli zona” haqida ogohlantirgan.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!