Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi u ochilganidan 30 kun o‘tib tiklanishi mumkin

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi u ochilganidan 30 kun o‘tib tiklanishi mumkin

"AQSh va Eron urushni yakunlash hamda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi. Tomonlar 60 kunlik sulhni uzaytirishni nazarda tutuvchi memorandum loyihasini ishlab chiqqan", deya xabar bermoqda The Washington Post nashri.

Hujjat imzolansa, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini darhol qayta ochadi va 30 kun ichida dengiz qatnovini urushdan oldingi holatga qaytarish choralarini ko‘radi. Shuningdek, Eron, AQSh va ularning ittifoqchilari barcha frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlarni to‘xtatishini e’lon qilishi ko‘zda tutilgan.

Kelishuv loyihasida Eron yadro quroli yaratmaslik majburiyatini yana bir bor tasdiqlashi va yuqori boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechishi belgilangan. AQSh ma’muriyati vakillarining aytishicha, keyingi ikki oy davomida bu uranni yo‘q qilish mexanizmi muhokama qilinadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa muzokaralar “tartibli va konstruktiv” tarzda davom etayotganini bildirgan. Unga ko‘ra, yakuniy tafsilotlar hali muhokama qilinmoqda va shoshilish kerak emas.

Eron tomoni Ho‘rmuz bo‘g‘ozining bosqichma-bosqich ochilishini ma’lum qilgan. Dastlab Vashington Tehronning muzlatilgan 12 milliard dollarlik aktivlarini blokdan chiqaradi, bo‘g‘ozda minalardan tozalash ishlari boshlanadi va AQShning dengiz blokadasi olib tashlanadi.

Bundan tashqari, kelishuv doirasida AQSh Eron neftini eksport qilishga ruxsat beruvchi sanksion istisnolarni ham joriy qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:25. O'qildi: 281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!