Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, mazkur kemalardan biri Rossiyaning “soya floti”ga tegishli.
Bloomberg'ning yozishicha, Antigua va Barbuda bayrog‘i ostida suzuvchi Adalynn tankeri ko‘pincha Rossiyaning Boltiq dengizidagi Ust-Luga porti bilan Hindistonning g‘arbiy sohillari o‘rtasida qatnab turgan.
Uning sug‘urtachisi haqida ma’lumot tarmoq bazalarida mavjud emas. Ammo to‘qnashuv sodir bo‘lgan paytda unda Rossiya nefti bo‘lganligi haqida ma’lumotlar yo‘q.