Bu haqda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens ma’lum qildi.
"Tun davomida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali qariyb 12,5 million barrel neft o‘tdi", — deb bayonot berdi Vens
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh va Eron o‘rtasidagi urush boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Shu bilan birga, neft narxi urushdan oldingi darajaga pasaydi. Brent markali etalon neft fyucherslarining narxi bir barrel uchun 78 dollardan pastga tushdi, bu 28 fevralda urush boshlanganidan buyon eng past ko‘rsatkich bo‘ldi, deb yozadi Reuters.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk tankerlar AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinchlik bitimini imzolaganidan bir necha soat o‘tib bo‘g‘ozdan o‘tgan.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi neft yetkazib berish uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Urushga qadar u orqali butun jahon neftining beshdan bir qismi o‘tar edi.