Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Hukumat vakili to‘ylarni namunaviy o‘tkazish bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqishni taklif qildi

Hukumat vakili to‘ylarni namunaviy o‘tkazish bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqishni taklif qildi

To‘y va marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha milliylik va zamonaviylikni o‘zida mujjasam etgan ssenariylar ishlab chiqish kerak. Ushbu taklif O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Oqilova tomonidan bildirildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Oqilova xonimning ta’kidlashicha, to‘y va marosimlarni o‘tkazish tartib-qoidalarini tayyorlash bo‘yicha Madaniyat vazirligining Konsert-tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi va «O‘zbekikkonsert» tomonidan ish boshlangan.

Shaxsiy fikrimcha, to‘ylarni chiroyli o‘tkazish bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqish kerak. Unda to‘yning qanday o‘tishi, qanday boshlanishi belgilansin. Albatta, milliylikdan kelib chiqib, ssenariyda chiroyli udimlarimiz qisman o‘z aksini topsin.

Asosiy masala nima? Birinchidan, tarixiylik va milliylikni saqlash. Ikkinchidan, zamonaviylikni ushlab qolish. San’atkorlarni chaqirishda nimalarga urg‘u berish kerak? Masalan, Prezidentimiz to‘ylarda maqomlardan bo‘lsin deb, aytgandilar.

Shu bilan birga, olimlarni jalb qilib, to‘ylar haqida ilmiy tadqiqotlar qilish, chiroyli to‘ylarni yuzaga olib chiqish lozim.

Kamola Oqilova, O‘zbekiston madaniyat vaziri

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil oktyabri boshida O‘zbekiston Senati To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni e’lon qilgan edi. Nizomga muvofiq to‘y va marosimlarni o‘tkazishda shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi.

Keyinroq esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga «To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibini buzish» deb nomlangan yangi moddani qo‘shish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi. Qonun shu tahrirda tasdiqlansa, To‘y nizomini buzgan to‘y egalari bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (2 noyabr holatiga ko‘ra — 2,23 million so‘m), to‘yxona egalari esa 30 baravari (6,69 million so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Senator Iqbol Mirzo esa dabdabali to‘y qilayotganlarga shunchaki jarima solish bilan cheklanmay, ularni xalq oldida sharmanda qilishni ham taklif etgandi. Keyinroq xuddi shu senator to‘y-marosimlarga faqat ikki san’atkor chaqirilishini nazarda tutuvchi tartibni san’atkorlar ishtirokida qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi haqida fikr bildirdi.

Kiritildi: 06:33 03.11.2019. O'qildi: 1801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!