🔴 Yil oxirigacha mazut va shunga o‘xshash yuqori ifloslantiruvchi yoqilg‘ilardan foydalanishning oldi olinadi, shu bilan birga javobgarlik kuchaytiriladi.
🔴 1 dekabrdan respublika bo‘yicha AYQShlarda AI-80 benzini sotilishining oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
🔴 Dekabr oyidan Toshkent shahrida yuk tashuvchi transportlar harakati tig‘iz vaqtlarda cheklanadi.
🔴 2026 yil martigacha ekologik talablarni belgilaydigan “Qurilishda ekologik faoliyat standarti” ishlab chiqiladi.
🔴 Kelasi yil apreligacha shamol yo‘nalishlari va tezligini hisobga olgan holda qurilishni amalga oshiruvchi standart ishlab chiqiladi.
🔴 2025 yil noyabr oyi oxirigacha “Yashil Toshkent” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tuziladi. Ishchi guruh Toshkentda ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududlar maydonini ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi.
🔴 Respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika bog‘lari tashkil etiladi.
🔴 Obodonlashtirish xizmatlari va “Yashil hudud” DM faoliyati takomillashtiriladi.