Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Hukm o‘zgardi: navoiylik fuqaroning jazosi yengillashtirildi

Hukm o‘zgardi: navoiylik fuqaroning jazosi yengillashtirildi

 Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 2016 yil 26 oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, A. O‘zbekiston Respublikasi JK 221-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan aybli deb topilib, 3 yil, JKning 60-moddasi tartibida 3 yil 2 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.

Sudning hukmiga ko‘ra, A. 64/29-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tash davomida muassasaning kun tartibi qoidalarini muntazam ravishda buzib, ma’muriyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani uchun ikki marotaba intizomiy bo‘linma va bir marotaba “karser” intizomiy jazosiga tortilgan bo‘lishiga qaramay, 2016 yil 1 iyun kuni 1-navbat bilan muassasa ishlab chiqarish korxonasining “g‘isht ishlab chiqarish sexi”ga ishga chiqib, shu kuni soat 1640da o‘ziga berilgan ish normasini bajarmay, hech kimning ruxsatisiz mexanika sexining yonida shaxsiy ishlari bilan shug‘ullanib yurgan. Turkum boshlig‘i kapitan
Z. undan ish joyini tashlab ketish sababini so‘raganida u xodimni aldashga urinib, bergan savollariga javob berishdan bosh tortib, hurmatsizlik qilib, ruxsatsiz xodimning huzuridan ketib qolgani uchun muassasa boshlig‘ining 2016 yil 3 iyundagi 12-sonli qaroriga asosan 16 kun karserga kiritilgan.

Bundan tashqari, A. bilan olib borilgan tarbiyaviy tadbirlardan o‘ziga tegishli ijobiy xulosa chiqarmasdan, muassasa ma’muriyati xodimlari unga o‘rnatilgan ichki tartib qoidalariga bo‘ysunmasa jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirib, tilxat olinishiga qaramasdan, 2016 yil 12 avgust kuni
1-navbat bilan muassasa ishlab chiqarish korxonasining “g‘isht ishlab chiqarish sexi”ga ishga chiqib taxminan soat 1130 larda o‘ziga belgilangan ish joyini so‘roqsiz tashlab ketib, kiyim almashtirish xonasiga borib, o‘zining shaxsiy ishlari bilan shug‘ullangani uchun turkum boshlig‘i kapitan Z. xizmat xonasiga chaqirtirilib, undan sodir etgan tartibbuzarligini sabablarini so‘raganida u xodimning bergan savollariga javob berishdan bosh tortib, xodimga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan va ma’muriyat xodimining qonuniy talablarini bajarishdan bosh torgan.

Sud hukmida A.ning g‘araz yoki boshqacha past niyatlarda jinoyat sodir qilganligi jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tiborga olingan.

Qonunning mazmuniga ko‘ra jinoyatni g‘araz niyatda sodir etilgan deb topish uchun shaxs moddiy naf olish maqsadi bilan harakat qilganligi isbotlanishi lozim.

O‘z navbatida, jinoyatni boshqa past niyatlarda sodir etilgan deb topish uchun shaxsning ko‘rolmaslik, qasd olish, mansabparastlik, bezorilik motivlari yoki axloqiy talablarga javob bermaydigan boshqa motivlar bilan harakat qilganligi isbotlanishi lozim.

Biroq, A.ning harakatlarida g‘araz ya’ni moddiy naf olish belgisi borligi yoki biror bir past niyati borligi ko‘rinmaydi va ishdagi dalillar bilan tasdiqlanmagan.

Shu bois, sudlov hay’ati, A.ning harakatlarida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emas deb hisoblab, O‘zbekiston Respublikasi JK 221-moddasi
2-qismining “b” bandi va JKning 60-moddasi tartibida tayinlangan 3 yil 2 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosini 2 yil 2 kunga keltirib, jazo to‘liq o‘talganligi bois A.ni jazoni ijro etish muassasalaridan darhol qamoqdan ozod qilishni belgiladi.

                                                                                                     

          S.Nayimov,

 KSH-4-03/126-19-sonli ajrimi

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro viloyat sudining

sudyasi

Kiritildi: 14:05 29.11.2019. O'qildi: 1858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!