Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Hujum,portlash,hamdardlik: Eron — Isroil va AQSh urushidan hozirgacha nimalar ma’lum?

Hujum,portlash,hamdardlik: Eron — Isroil va AQSh urushidan hozirgacha nimalar ma’lum?

🔸Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Tehron AQSh nazoratidagi bazalar mavjud ekan, ularga hujumlar to‘xtamasligini ma’lum qildi. Donald Trump esa javob zarbalari bo‘lsa, “misli ko‘rilmagan” hujum bilan tahdid qilgan.

🔸Eron davlat axborot agentligi sobiq prezident Mahmud Ahmadinajod Tehrondagi hujumda halok bo‘lganini xabar qildi. Shuningdek, bosh shtab rahbari va mudofaa vaziri ham qurbon bo‘lgani tasdiqlandi.

🔸Tehron Fors ko‘rfaziga AQSh kemalari kirishini cheklashini ma’lum qildi. Avvaliga Ormuz bo‘g‘ozi orqali savdo oqimi to‘xtatilgani aytilgan, biroq keyinroq Eron TIV uni to‘liq yopish rejalashtirilmaganini bildirdi.

🔸Isroil va Eron o‘rtasida yana o‘zaro zarbalar davom etdi: Tel-Aviv va Tehronda portlashlar eshitilgan. Isroilning Beyt-Shemesh hududida portlash oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi.

🔸Eron AQShning “Avraam Linkoln” aviasiya tashuvchisiga ballistik raketalar bilan zarba berilganini bildirdi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi esa buning oqibatida 3 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgani, 5 nafari yaralanganini ma’lum qildi.

🔸Quvayt va Bahraynda xavfsizlik choralari kuchaytirildi, AQSh Davlat departamenti Bahrayndan ayrim xodimlar va ularning oilalarini evakuasiya qilishga ruxsat berdi.

🔸Bag‘dodda namoyishchilar AQSh elchixonasiga yorib kirishga urindi, kuch ishlatuvchi tuzilmalar ko‘z yoshlantiruvchi gaz qo‘lladi. Karachida AQSh konsulligi yaqinidagi to‘qnashuvlarda 8 kishi halok bo‘ldi.

🔸BMTda favqulodda muhokamalar davom etmoqda. Vladimir Putin Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi. Eron diniy doiralari esa AQShga qarshi “muqaddas urush” e’lon qilinganini ma’lum qildi.

Vaziyat tobora jiddiylashib, harbiy va siyosiy qarama-qarshilik mintaqa chegarasidan chiqib ketish xavfi ortmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:05. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!