Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

“Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish” bo‘yicha yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3630-son, 17.06.2025 y.)

Yo‘riqnoma blankalar tarzidagi hujjatli qimmatli qog‘ozlarni muomaladan chiqarish va ularni yo‘q qilish tartibini belgilaydi.

Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni muomaladan chiqarish va ularni yo‘q qilish emitent tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

- hujjatli qimmatli qog‘ozlar emitenti tugatilganda;

- emitentning nomi o‘zgarganda;

- obligasiyalar to‘liq so‘ndirilganda;

- hujjatli qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi hujjatli shakldan hujjatsiz shaklga o‘tkazilganda;

Hujjatli qimmatli qog‘ozlar yo‘q qilish ko‘zda tutilgan sanadan 1 oy oldin emitent bu to‘g‘risida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilishi shart.

Hujjatli qimmatli qog‘ozlar yoqib yuborish yoki ularni jismoniy maydalash yo‘li bilan yo‘q qilinadi.

Kiritildi: 18:44 18.06.2025. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!