Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

“Hududiy elektr tarmoqlari” Jizzax filiali direktori narkotik modda bilan qo‘lga tushdi

“Hududiy elektr tarmoqlari” Jizzax filiali direktori narkotik modda bilan qo‘lga tushdi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax filiali direktori A.A. narkotik moddalar bilan qo‘lga olingan. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax filiali haydovchisi boshqaruvidagi Matiz xizmat avtomashinasi G‘allaorol tumanidan Sangzor YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirilganda avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, ushbu tashkilotning avtotransport va mexanizmlar xizmati boshlig‘i J.O‘.ning yonidan giyohvand modda topilgan.

Surishtiruvlar davomida ushbu modda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax filiali direktori A.A. uchun olib ketilayotgani aniqlangan.

Tadbir davomida korxona rahbari va boshqa ishtirokchilar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Kiritildi: 16:35 19.03.2025. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!