Mahmudjon Yakubov “Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisining gaz sotish va innovasiyalarni joriy etish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Yakubovga qadar “Hududgazta’minot” boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida 2019 yildan buyon Abdusamat Saidvaliyev ishlagan. “Hududgazta’minot” jamoasi ko‘p yillik xizmati, soha rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Abdusamat Saidvaliyevga minnatdorchilik bildirib, uni nafaqaga kuzatdi.