Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Huawei Google ilovalari bo‘lmagan birinchi smartfonini taqdim qildi

Huawei Google ilovalari bo‘lmagan birinchi smartfonini taqdim qildi

Huawei Google ilovalari bo‘lmagan Mate 30 smartfonini taqdim qildi. Mobil telefonlar bozorida ikkinchi o‘rinni egallagan kompaniya AQSh hukumati taqiqlari natijasida Google xizmatlaridan foydalana olmaydi. Mate 30 va Mate 30 Pro telefonlarining taqdimoti Germaniyada bo‘lib o‘tdi. Bu haqida forbes.ru xabar bermoqda.

Yangi smartfonlarda Google Play, Chrome hamda YouTube bo‘lmaydi. Ularning o‘rniga Huawei App Gallery internet do‘konini taqdim qildi. Bu ilova Xitoy bozorida allaqachon mavjud. Kompaniya o‘zining Huawei ekotizimi uchun dastur yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard dollar sarflamoqchi.

Yangi smartfonlar ham Google’ning Android tizimida ishlaydi. Avgust oyining boshida kompaniya o‘zining Harmony OS tizimini taqdim qilgandi.

Smartfonlarda odatdagi ovoz balandlatadigan tugmachalar yo‘qoldi. Ular endi virtualdir: qo‘ng‘iroq qilish uchun siz ekranning yon tomoniga ikki marta bosishingiz kerak.

Taqdim etilgan modellardan biri yangi avlod 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkala qurilmada ham diagonali taxminan 6,6 dyuym bo‘lgan ekran mavjud: bu o‘tgan haftada taqdim etilgan yangi Apple - iPhone 11 Pro Max ekranidan biroz kattaroq.

Yuzni aniqlash tizimi ham takomillashdi: agar gadjet egasidan tashqari kimdir ekranga qarasa, tizim xabarnomalar tarkibini yashiradi.

Kiritildi: 05:30 21.09.2019. O'qildi: 1498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!