Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

HSBC bankining «shariat» jamg‘armasi Isroil harbiy sanoati bilan bog‘liq kompaniyalarga sarmoya kiritganmi?

A A A
HSBC bankining «shariat» jamg‘armasi Isroil harbiy sanoati bilan bog‘liq kompaniyalarga sarmoya kiritganmi?

Middle East Eye nashrining xabar berishicha, Buyuk Britaniyadagi eng yirik islomiy investisiya jamg‘armasi — HSBC bankining Islamic Global Equity Index Fund jamg‘armasi 2026 yilning birinchi yarmida Isroil armiyasi bilan aloqador beshta kompaniya aksiyalariga sarmoya kiritgan. Sarmoya miqdori 130 million dollardan ortiq deb aytilmoqda.

Sarmoyalar taqsimoti:

🔹 Palantir — 38,3 mln dollar. Isroil Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik qiladi.

🔹 RTX — 35,7 mln dollar. Isroilning «Temir gumbaz» tizimi va qiruvchi samolyotlari uchun raketalar yetkazib beradi.

🔹 Analog Devices — 20,3 mln dollar. Isroilning Elbit Systems qurol-yarog‘ kompaniyasiga komponentlar yetkazib bergan.

🔹 Honeywell — 18,9 mln dollar. Uning komponenti 2024 yilda G‘azodagi maktabga zarba bergan raketada aniqlangan.

🔹 Rolls-Royce — 17,6 mln dollar. Isroilning «Merkava» tanklari uchun dvigatellar ishlab chiqaradi.

Jamg‘arma portfelida BAE Systems, Booking.com va Expedia aksiyalari ham mavjud.

E’tiborlisi, Buyuk Britaniyadagi halol investisiya tamoyillariga asoslangan pensiya jamg‘armalarining aksariyati ham aynan shu «shariat» jamg‘armasiga mablag‘ kiritgan.

Kiritildi: 02:20 16.10.2026. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!