Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Hormuz bo‘g‘ozining to‘sib qo‘yilishi global savdo o‘sishini keskin sekinlashtirishdi

Hormuz bo‘g‘ozining to‘sib qo‘yilishi global savdo o‘sishini keskin sekinlashtirishdi

Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar fonida global savdo o‘sishi sezilarli darajada sekinlashishi mumkin.

Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) hisobotida keltirilgan.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bo‘g‘ozning uzilishi allaqachon global savdoga zarba bergan. Ta’kidlanishicha, natijada global talabning pasayishi va noaniqlikning kuchayishi fonida global savdo o‘sishi 2025 yildagi 4,7% dan 2026 yilda 1,5-2,5% gacha pasayishi mumkin.

"Global iqtisodiy o‘sish, agar mojaro yanada kuchayib ketmasa, 2025 yildagi 2,9% dan 2026 yilda 2,6% gacha sekinlashishi mumkin", deyiladi hisobotda.

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!