Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berildi

Homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berildi

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Innovasion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganini tushuntirdi.

«Buning asosiy sababi — koronavirusga qarshi vaksinalarning klinik sinovlari homilador va emizikli ayollarda o‘tkazilmagan. Chunki Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talabiga ko‘ra, klinik sinovlar aholining qaysi qatlamida o‘tkazilgan bo‘lsa, vaksinalar ham o‘sha qatlam orasida qilinishi lozim.

Bundan tashqari, bugungi kunda bu borada butun dunyo olimlari, xususan, o‘zimizda ham emizikli ayollarni emlash bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda. Masalan, emizuvchi hayvon — sigirlarda vaksinalar sinovdan o‘tkazildi, hozircha hech qanday nojo‘ya ta’sir sezilmadi. Emlangan sigir sutida antitanachalar topildi. Bu — emizuvchilar emlangan taqdirda, kasallikka qarshi immunitet uning bolasiga ham o‘tadi, degani.

O‘ylaymanki, keyingi bosqich sinovlarda emizikli ayollarga ham qo‘llash mumkin. Hozirgacha bo‘lgan tadqiqotlar nojo‘ya ta’siri yo‘q ekanini ko‘rsatmoqda».

Kiritildi: 15:05 02.08.2021. O'qildi: 3225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!