Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarda hokimiyat tepasiga kelganidan beri Amerika kinokompaniyalari inklyuzivlikni targ‘ib qilishni to‘xtatdi va endi asosiy e’tiborni oilaviy qadriyatlarga qaratmoqda.
Bu haqda Le Figaro nashri yozmoqda.
Gollivud studiyalari geylar ishtirokidagi filmlar va seriallarni qisqartirishni boshladilar va diniy mavzular va qishloq hayoti haqidagi hikoyalarga ko‘proq murojaat qilmoqdalar. Ushbu o‘zgarishga turtki bo‘lgan prezident Trampning iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik siyosatiga qaratilgan farmoyishlari bo‘ldi.
Kino sanoatidagi ilk o‘zgarishlar allaqachon sezilmoqda, deya ta’kidlaydi Le Figaro: Disney studiyasi bolalar uchun mo‘ljallangan multfilmga transgender qahramonni qo‘shishdan bosh tortdi, Amazon va Netflix striming xizmatlari Injil hikoyalariga asoslangan filmlarning premyerasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Yirik studiyalardan birining sobiq rahbari Le Figaro nashriga bergan intervyusida ko‘proq vestern va jangovar filmlar ham ekranlarda paydo bo‘lishini, Trampning "Amerikani yana buyuk qilsin" siyosiy shiori va u bilan bog‘liq barcha munosabat "ko‘ngilochar industriyaning ishlab chiqarish jarayoniga" ta’sir qilishini aytdi.