Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Holand 4 mln funtga «Bugatti» sotib oldi (foto)

Holand 4 mln funtga «Bugatti» sotib oldi (foto)

Erling Holand yanvar oyida «Manchester Siti» bilan o‘n yillik shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra norvegiyalik futbolchi haftasiga 500 ming funt maosh oladi.

U buni katta xarid bilan nishonladi – eksklyuziv «Bugatti Tourbillion» sotib oldi! Soliqlar bilan hisoblaganda, uning bahosi taxminan 4 million funt sterling.

Ushbu model 2024 yilda taqdim etilgan, lekin ishlab chiqarish 2026 yilda boshlanadi. Jami 250 dona ishlab chiqariladi va u gibrid dvigatelga ega bo‘ladi.

Hatto yangi shartnoma hisobga olinganda ham, superkarning narxi Holandning ikki oylik maoshiga teng. Shuning uchun u bu mashinani bolalikdagi do‘sti, mashina kolleksioneri va investor Ole Ertvaag bilan birga sotib olgan.

Kiritildi: 11:20 23.03.2025. O'qildi: 3353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!