Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Hokimlik, pensiya jamg‘armasi va g‘aznachilik oylik maoshlari vazirlik xodimlari oyliklari bilan tenglashtiriladi

Hokimlik, pensiya jamg‘armasi va g‘aznachilik oylik maoshlari vazirlik xodimlari oyliklari bilan tenglashtiriladi

O‘zbekiston Prezidentining 2025 yil 26 iyundagi PF-105-son Farmoniga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining oylik maoshlari 1 avgustdan boshlab oshirilishi belgilandi.

Farmonda belgilanishicha, oylik maoshlarni oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu orqali mahalliy hokimiyat tizimida ishlovchi xodimlarning moddiy rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.

Iqtisod va moliya tizimida yana bir qator yangiliklar joriy etiladi. Xususan, raqamlashtirish, «yashil» texnologiyalar, energiya samaradorligi va tibbiy sug‘urta tizimini takomillashtirish maqsadida 92 ta yangi shtat birligi tashkil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektual texnologiyalarga ixtisoslashgan loyiha ofislari tashkil etiladi. Bu tuzilmalar G‘aznachilik va Pensiya jamg‘armasi tarkibida faoliyat olib boradi.

G‘aznachilik qo‘mitasi rahbariyatida ham yangi o‘zgarishlar bo‘ladi. Jumladan, raqamli transformasiya bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Bu raqamlashtirish jarayonlarini yanada tezlashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik qo‘mitasining markaziy apparati xodimlari uchun ham muhim yangilik — ularning oylik maoshlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari oyliklari bilan tenglashtiriladi.

Bu islohotlar xodimlar mehnatini munosib baholash, tizim samaradorligini oshirish va raqamlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: 16:30 29.06.2025. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!