Raxmonov Sardorjon Sodiqjonovich Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish, hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi.
S.Raxmonov tayinlovga qadar Namangan viloyati Davlatobod tumani "Tadbirkor" mahallasi hokim yordamchisi vazifasida ishlagan. Shuningdek, u "Kelajak liderlari" dasturining 1-mavsumi bitiruvchisi hisoblanadi.