"Hizbulloh" 22 mart kuni ertalab Isroilga uyushtirilgan raketa hujumiga aloqadorligini rad etdi.
Bu haqda "Hizbulloh"dagi yuqori martabali manba ma’lum qildi.
"Biz sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liqligini inkor etamiz va o‘t ochishni to‘xtatishga sodiq qolishimizni yana bir bor ta’kidlaymiz", - deyiladi bayonotda.
"Hizbulloh" tegishli bayonotni respublika prezidenti Jozef Aun va Bosh vazir Navaf Salomga yetkazdi.
Livanning rasmiy Milliy axborot agentligining xabar berishicha, Isroil havo hujumlari va o‘qqa tutilishi janubdagi bir qancha hududlarni nishonga olgan. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, zarbalar natijasida ikki kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan va sakkiz kishi yaralangan.