Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 416 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 35 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan beri 44211 kishi shahid bo‘ldi.
▪️G‘azoda kuchli sovuq va yomg‘ir boshlanishi bilan anklavning yuz minglab ko‘chirilgan aholisi chodirlarini suv bosmoqda.
▪️G‘azo hukumati: G‘azodagi urush paytida 1000 dan ortiq shifokor va hamshira halok bo‘ldi. 310 shifokor hibsga olingan, ularning taqdiri haqida hech narsa ma’lum emas.
▪️Al-Qassam brigadalari bosqinchilarning Nitsarim o‘qidagi pozisiyalariga hujum qildi, 10 askardan iborat piyoda otryadi nol masofadan yo‘q qilindi, Rafahda ishg‘olchilar bilan bir uy portlatib yuborildi.
▪️G‘arbiy Sohilda, Jenin shahrida bosqinchilar 13 yoshli bolakay va 20 yoshli yigitni o‘ldirdi. 2023 yil oktyabr oyidan beri G‘arbiy Sohilda nasistlar 172 falastinlik bolani o‘ldirgan.
▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi urush boshlanganidan beri eng yirik amaliyotni amalga oshirdi - 51 ta operasiya. 6 ta "Merkava" tanki yo‘q qilindi, Palmachim harbiy bazasi, Ashdod va Hayfadagi dengiz bazasi, Berea bazasi, Glilot bazasi va Sharaga bazasiga hujumlar uyushtirildi.
▪️Bir kun oldin "Hizbulloh"ning butun bosib olingan hududga havo hujumi Tel-Aviv, Hayfa, Ashdod, Safad, Kiryat Shmona va Metullada vayronagarchiliklarga olib keldi. Sirenalar 550 martadan ko‘proq yangradi, 4 million ko‘chmanchilar deyarli bir kun davomida boshpanalarda bo‘ldi.
▪️Bosqinchilar Bayrut chekkasidagi turar-joy binolariga 9 marta zarba berdi. Livanda urush boshlanganidan buyon 3754 kishi halok bo‘ldi, 15626 kishi yaralandi.
▪️Ammandagi Isroil elchixonasiga iordaniyalik fuqaro hujum uyushtirib, 3 qo‘riqchini jiddiy yaraladi, o‘zi esa otib o‘ldirildi.
▪️BAAda Isroil armiyasining «Givati» brigadasida xizmat qilgan ravvin Zvi Koganning o‘ldirilishida gumon qilingan uch nafar shaxs qo‘lga olindi. Avvalroq ushbu shaxslarning O‘zbekiston fuqarolari ekani va Turkiyaga qochib o‘tgani xabar qilingan edi.