"Hizbulloh" qarshilik kuchlarining AQSH, Isroil va bir qator arab davlatlarining talabiga qurol topshirishi Livan suverenitetini mustahkamlamaydi va ishg‘olni tugatmaydi.
Bu haqda harakat bosh kotibi Shayx Naim Qosim o‘z tarafdorlariga telemurojaatida ma’lum qildi.
"Agar qurollarimizni topshirsak, Isroil hujumlari to‘xtamaydi, shuning uchun biz hech qachon ishg‘ol soyasida qurolsizlanish jadvaliga rozi bo‘lmaymiz. Isroil birinchi navbatda 2024 yil 27 noyabrdagi sulh bitimini amalga oshirsin", - dedi u.
U "Hizbulloh" arsenalining 50 foizini Livan armiyasiga topshirish evaziga Livan janubidagi o‘z nazorati ostidagi uchta hududdan Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketishni nazarda tutuvchi Amerika rejasini nomaqbul deb atadi.
Bayonot Livan vazirlar mahkamasida qurollarni faqat Livan armiyasi qo‘lida to‘plash maqsadida nohukumat guruhlarni qurolsizlantirish rejasi muhokama qilinayotgan paytda yangradi. Livan 24 telekanali xabariga ko‘ra, AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Tom Barak Livan hukumatiga rejaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun 30 kun muhlat bergan.