Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Hindistonning yangi prezidenti qasamyod qildi

A A A
Hindistonning yangi prezidenti qasamyod qildi

Joriy yil 25 iyul kuni Hindiston Parlamenti markaziy zalida mamlakatning yangidan saylangan Prezidenti Draupadi Murmuning qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “BBC News” xabar berdi.

Qasamyodni Oliy sud raisi Nutalapati Ramana qabul qildi. Tadbirda, shuningdek, Bosh vazir Narendra Modi va sobiq davlat rahbari Ram Natx Kovind ham ishtirok etdi.

Murmu Hindistonni 2007-2012 yillar boshqargan Pratibxa Patildan keyingi ikkinchi ayol prezident va qabila xalqlaridan saylangan birinchi prezident bo‘lib mamlakat tarixida qoladi.

D.Murmu vakolat muddati 24 iyul kuni tugagan sobiq prezident o‘rnini egallaydi.

Kiritildi: 09:51 26.07.2022. O'qildi: 3073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik