Hindiston vise-prezidenti Djagdip Dxankxar iste’foga chiqdi.
U o‘z matbuot xizmati orqali tegishli bayonot bilan chiqdi.
"Sog‘ligimga e’tibor qaratish va shifokorlar maslahatiga amal qilish uchun men Hindiston vise-prezidenti lavozimidan iste’foga chiqaman", dedi Dxankhar Prezident, Bosh vazir, Parlament va Vazirlar Mahkamasiga birgalikdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib.
Eslatib o‘tamiz, Dxankhar avgust oyida 74 yoshga to‘ladi. U 2022 yil avgustida vise-prezident lavozimini egallagan. Siyosatchi yaqinda Dehlidagi Butun Hindiston tibbiyot fanlari institutida angioplastika operasiyasidan o‘tgan.
Hindiston vise-prezidenti parlamentning har ikki palatasi vakillaridan iborat Saylovchilar kollegiyasi a’zolari tomonidan bilvosita yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Vakolat muddati - besh yil.