Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindistondagi kuchli yog‘ingarchilik natijasida 17 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi kuchli yog‘ingarchilik natijasida 17 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Uttarakxand shtatida (Hindiston shimolida) musson yomg‘irlari va ko‘chkilar tufayli ikki kun ichida 17 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda The New Indian Express gazetasi xabar bermoqda.

Dexradun shahrida transport infratuzilmasi shikastlangan, turar-joy binolari vayron bo‘lgan. Kuchli toshqin Rispana va Bindal daryolaridagi ko‘priklarni yuvib ketgan, bu esa jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishni qiyinlashtirgan.

Viloyatdagi maktablar vaqtincha yopildi, davlat idoralari ishlamay qoldi.

Kiritildi: 18:05 17.09.2025. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!