Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Hindistonda O‘zbekistondagi korrupsiya holati haqida maqola chop etildi

Hindistonda O‘zbekistondagi korrupsiya holati haqida maqola chop etildi

Hindistonning nufuzli "wion" internet nashri tomonidan "O‘zbekiston barqaror va yashil iqtisodiyot sari qadam tashlamoqda" nomli maqola chop etildi.

Maqolada O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida va butun dunyoda eng tez sur’atlarda o‘sib borayotgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning investisiya sharoitlarini yaxshilashga, eksport va tashqi savdo hajmini oshirishga hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga e’tibor qaratayotganligi qayd etilgan.

Ahamiyatlisi, maqolada muhim islohotlardan biri sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishiga e’tibor qaratilgan. Maqolada 2020 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilganligi, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 2017 yildan 2020 yilning yakuniga qadar 17 ta muhim normativ-hujjatlar qabul qilinganligi e’tirof etilgan.

Bundan tashqari 2021 yildan boshlab sohalar va hududlar kesimida vazirlik va idora rahbarlarining korrupsiyaga qarshi kurarshish borasidagi faoliyatining reytingi joriy qilinishi, bu reyting korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qilishi yangilik sifatida qayd etilgan.

Kiritildi: 16:50 08.04.2021. O'qildi: 8238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!