Hindistonda hind milliarderining kenja o‘g‘li 28 yoshli Anant Ambani uchun to‘y oldidan uch kunlik ziyofat bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda xonanda Rianna chiqish qildi, kecha taniqli shaxslar va milliarderlar mehmon bo‘ldi, deb xabar beradi Kazinform agentligi Times of Indiaga tayanib.
Kuyovning otasi Mukesh Ambani - Reliance Anil Dhirubhai Ambani Group kompaniyasining egasi, Hindiston va Osiyodagi eng badavlat odam hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, u dunyodagi eng boy odamlar orasida 9-o‘rinni egallagan va uning boyligi 117 milliard dollarga baholangan.
Uch kunlik marosimga 1200 kishi taklif etilgan, jumladan Xillari Klinton, Bill Geyts, Mark Sukerberg, Ivanka Tramp va boshqa mashhur kishilar. Mehmonlar uchun jahon yulduzlari, jumladan Rianna ham chiqish qilishdi.
Mehmonlarga mashhur oshpazlardan 2500 turdagi taomlar taklif etildi. Shuningdek, ularga to‘qqiz sahifadan iborat dress-kod taqdim etildi.
Manbalarga ko‘ra, oila ushbu tadbirga 151,6 million dollar sarflagan.
Bu hali to‘ydan oldingi marosim, to‘yning o‘zi iyul oyida bo‘lib o‘tadi.