Hindistonda milliy harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyoti texnik nosozlik tufayli halokatga uchradi. Uchuvchi qutqarib qoldindi.
«Barmer sektorida tungi mashg‘ulot parvozi chog‘ida Hindiston Harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyoti jiddiy texnik muammoga duch keldi va uchuvchini havodan chiqarishga majbur qildi. Uchuvchi qutqarildi», — deyiladi havo kuchlari bayonotida.
O‘lim holatlari qayd etilmagan. Hozirda tergov harakatlari boshlangan.