Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hindistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Hindistonda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayol qutqarildi

Haydarobodda odam savdosi bilan shug‘ullangan guruh fosh qilindi. Hindistonning Haydarobod shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd davomida odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga barham berildi. Operasiya chog‘ida uch nafar ayol, jumladan O‘zbekiston fuqarosi ham ozod etildi. ​Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat sxemasini “Style Maker” go‘zallik saloni sobiq egasi — 36 yoshli Sharif ismli shaxs tashkil etgan. U ishsiz ayollarni yuqori daromadli ish va’dasi bilan jalb qilib, so‘ng ularni jinsiy ekspluatasiyaga majburlagan. ​Banjara Hills tumanidagi mehmonxonaga uyushtirilgan reydda 5950 rupiy naqd pul, 13 dona mobil telefon va turli vositalar ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi. Tashkilotchi, mehmonxona ma’muriyati hamda yetti nafar mijoz qo‘lga olindi. Polisiya vakillarining ma’lum qilishicha, reyd o‘z vaqtida o‘tkazilgani sababli ayollarning keyingi zo‘ravonlik va ekspluatasiyadan himoya qilinishi ta’minlandi. Hozirda barcha ayollar tibbiy kuzatuv ostiga olingan, jinoyat tafsilotlari yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 12:32 25.10.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!