Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Hindistonda avtomobil portlatib yuborilishi terakt sifatida tekshirilmoqda

Hindistonda avtomobil portlatib yuborilishi terakt sifatida tekshirilmoqda

Hindiston huquq-tartibot idoralari Nyu-Dehlidagi avtomobil portlashini terakt sifatida baholamoqda.

Bu haqda Reuters mahalliy OAVga tayanib xabar bermoqda.

Ularga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari “Terrorizm bilan bog‘liq bo‘lgan va mamlakat suvereniteti va yaxlitligiga tahdid soluvchi harakatlarni tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida”gi qonun doirasida harakat qilmoqda.

10 noyabr kuni kechqurun Nyu-Dehlidagi tarixiy "Red Fort" yaqinida svetoforda mashina portlab ketdi. Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shoh sakkiz kishi halok bo‘lganini va bir necha kishi yaralanganini ma’lum qildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hodisa ortidan Nyu-Dehli, shuningdek, qo‘shni Uttar-Pradesh shtati, Hindistonning Mumbay metropolisi va Bihar, Kerala va boshqa bir qancha shtatlarda yuqori darajadagi ogohlantirish e’lon qilingan.

Kiritildi: 11:30 11.11.2025. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!