Hindiston g‘arbida Air India samolyoti halokatga uchraganida yotoqxonada bo‘lgan 20 nafar tibbiyot talabalari jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali ma’lum qildi, deb yozadi TASS.
NDTV telekanaliga ko‘ra, qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda.
Avvalroq Hindiston polisiyasi Air India samolyoti shifokorlar yotoqxonasi binosiga qulagani haqida xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Air India Boeing 787 Dreamliner layneri Ahmadobod shahridagi Sardor Vallabxbxaya Patela xalqaro aeroportidan ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan edi.
Ahmadoboddan soat 13:38 da havoga ko‘tarilgan Boeing 787-8 samolyotida 242 yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ulardan 169 nafari Hindiston, 53 nafari Buyuk Britaniya, bir nafari Kanada va yetti nafari Portugaliya fuqarolari ekanligi ma’lum qilingandi.