Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Hindiston va Yaponiya 2023 yilda hal qiluvchi rol o‘ynaydi

A A A
Hindiston va Yaponiya 2023 yilda hal qiluvchi rol o‘ynaydi

2023 yilda Hindiston G20ga raislik qiladi va Yaponiya G7 sammitiga mezbonlik qiladi.

Yil davomida Hindiston 50 ta shaharda 200 dan ortiq tadbir o‘tkazish niyatida. Bundan tashqari, Hindistondagi G20 sammitida Afrika Ittifoqini guruhga a’zolik masalasi ko‘rib chiqiladi.

Qayd etilishicha, 2023 yilda hind-yapon hamkorligining roli ayniqsa muhim bo‘ladi, chunki bu Xitoyning mintaqadagi ta’siri kuchayishiga birgalikda javob bo‘ladi.

Avvalroq Yaponiya va Hindiston qurolli kuchlari 2023 yil 16-26 yanvar kunlari ilk bor qo‘shma havo mashg‘ulotlarini o‘tkazishi xabar qilingan edi, bu ham Hindiston-Yaponiya harbiy hamkorligi yaqinda kengayganidan dalolat beradi.

Kiritildi: 21:28 05.01.2023. O'qildi: 2610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!