Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Hindiston va Xitoy Markaziy Osiyo bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi

Hindiston va Xitoy Markaziy Osiyo bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi

Xitoyda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi XI hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. China Daily gazetasining yozishicha, forumda munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi muhokama qilingan va Xitoy mintaqadagi besh davlat bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha faol ish olib borishga tayyorligini bildirgan.

Tadbirda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlaridan 300 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Ayni paytda Hindistonda Jammu universiteti Nyu-Dehlining Markaziy Osiyo mintaqasi bilan aloqalariga bag‘ishlangan xavfsizlik bo‘yicha konferensiya tashkil qildi.

Konferensiya ishtirokchilari Markaziy Osiyoning Hindiston iqtisodiyoti va xavfsizligi, mamlakatning madaniy va strategik manfaatlari uchun ahamiyati haqida gapirib, Hindiston va mintaqa o‘rtasidagi qadimiy munosabatlarni tiklash zarurligini ta’kidladilar.

Kiritildi: 15:41 27.10.2024. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!