Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston va Turkmaniston yetakchi: O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-15 davlat fuqarolari

Hindiston va Turkmaniston yetakchi: O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan TOP-15 davlat fuqarolari

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 33 287 nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11 307 nafarga yoki 51,5 % ga oshgan.

🌍 Joriy yilning 10 oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

Hindiston — 14 322 nafar

Turkmaniston — 8 348 nafar

Tojikiston — 2 323 nafar

Pokiston — 1 620 nafar

Xitoy — 1 254 nafar

Janubiy Koreya — 806 nafar

Qirg‘iz Respublikasi — 696 nafar

Misr — 498 nafar

Filippin — 461 nafar

AQSh — 429 nafar

Turkiya — 333 nafar

Afg‘oniston — 280 nafar

Iordaniya — 175 nafar

Rossiya — 158 nafar

Buyuk Britaniya — 153 nafar

Boshqa davlatlar — 1 431 nafar

Kiritildi: 22:27 04.12.2025. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!