Reuters xabar berishicha, Hindiston Rossiya bilan mudofaa sohasidagi munosabatlarini qayta shakllantirmoqda. Bu jarayon doirasida Dehli tayyor qurollarni sotib olishni qisman kamaytirib, ularning qo‘shma ishlanmalar va qo‘shma ishlab chiqarishga o‘tishni ko‘zlamoqda.
Nashr ta’kidlashicha, bunday strategiya premyer-ministr Narendra Modining g‘arb mudofaa kompaniyalari ishtirokida mamlakatni yirik ishlab chiqarish markaziga aylantirish rejalariga zarba berishi mumkin. Biroq Donald Trampning keskin tashqi siyosati Modini Kreml bilan yaqinlashishga undagan.
Uchrashuvlarda xususiy va davlat mudofaa kompaniyalari va harbiy dronlar hamda sun’iy intellekt texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi startaplar ishtirok etgan.
Tomonlar qo‘shma korxonalar yaratish masalasini muhokama qilgan. Jumladan:
MiG-29 uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish,
Rossiyaning PVO tizimlari uchun komponentlar,
Rossiyaning taklifi — Hindistonda harbiy texnika uchun ishlab chiqarish quvvatlari yaratish va kelgusida bu mahsulotlarni Rossiyaga ham eksport qilish imkoni.
Bharat Forge (Kalyani Group tarkibida) top-menejeri — u tanklar, samolyotlar va vertolyotlar uchun qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qilgan.
Adani Defence and Aerospace rahbari Ashiysh Radjvanshi.
Hindiston qurol ishlab chiqaruvchilari jamiyati rahbarlaridan biri.
Biroq Adani Group vakili kompaniya rahbarlari uchrashuvlarda qatnashgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Hindiston Mudofaa vazirligi (uchrashuvlarda harbiy ishlab chiqarish uchun mas’ul Sanjiv Kumar ishtirok etgani aytilgan) Reutersning izoh so‘rovlariga javob bermadi.
2009–2013 yillarda Hindiston qurol-yarog‘ importining 76% Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
2019–2023 yillarda bu ko‘rsatkich "36%"gacha tushgan.