Rossiya hukumati 2025 yil Hindiston va Bangladesh fuqarolariga so‘nggi to‘qqiz yil ichida rekord miqdordagi ishlash uchun ruxsatnomalar berdi.
2030 yilga borib Rossiyada ishchi kuchi tanqisligi 3 milliondan oshishi prognoz qilinmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Rossiyada ishlash uchun 56,5 ming nafar hindistonlik fuqaro taklif etilgan, 2024 yil bu ko‘rsatkich 36,2 ming nafarni tashkil etgandi. Shuningdek, Bangladeshdan kelganlar soni 2024 yildagi 2,8 ming kishidan 9,3 ming kishiga oshgan. Ikkala ko‘rsatkich ham 2017 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori natija hisoblanadi.