AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvda hech qanday ishtirok etmagan. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vaziri xabar berdi.
"Garchi Vashington tomonidan ba’zi chaqiriqlar bo‘lgan bo‘lsa-da, qurolli ziddiyatni kamaytirish jarayoni to‘liq Hindiston va Pokiston tomonidan boshlangan", — deya qo‘shimcha qildi Subrahmanyam Jayshankar.