Hindiston va Pokiston o‘rtasida AQSh tomonidan e’lon qilingan sulh bitimi bir necha soat ichida tahdid ostida qoldi. Shanba oqshomida erishilgan kelishuvga qaramay, Hindiston Pokistonni sulhni buzganlikda va Kashmirdagi nazorat chizig‘i bo‘ylab o‘q uzganlikda aybladi.
Shanba oqshomida Hindiston nazoratidagi Srinagar shahrida portlashlar eshitilib, elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. Kashmirga mas’ul Pokiston rasmiylari ham otishmalar davom etayotgani haqida xabar berishdi.
Ikki yadroviy davlat o‘rtasidagi ziddiyat 22 aprel kuni Hindiston boshqaruvidagi Kashmirda 26 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktdan keyin yana avj oldi. Hindiston Pokistonga aloqador islomiy radikallarni aybladi va Hind daryosi suvlarini bo‘lishish haqidagi shartnomani to‘xtatdi.
Rasmiy bayonotlarga ko‘ra, tomonlar hali ham muloqotni davom ettirish niyatida.
“Ikkala davlatning oliy harbiy qo‘mondonlari dushanba kuni yana uchrashishi rejalashtirilgan”, — dedi Hindiston Mudofaa vazirligi.