Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Hindiston SHHT birgalikdagi deklarasiyani imzolamadi

Hindiston SHHT birgalikdagi deklarasiyani imzolamadi

Xindiston apreldagi Paxalgamda sodir bo‘lgan terakt “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti” (SHHT) yig‘ilishining birgalikdagi deklarasiyasida qayd etilmagani uchun uni imzolashdan bosh tortdi.

Hindiston mudofaa vaziri Radjnatx Singh Xitoyning Chindao shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT mudofaa vazirlari uchrashuvida qatnashdi, deb xabar bermoqda NDTV.

Singh ta’kidladiki, Jammu-Kashmirda aprelda sodir bo‘lgan terror terakti deklarasiyada aks etmagan va ular “ikkiyuzlama siyosat”ni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi:

🗣️ “Bunday ikkiyuzlama siyosatga joy bo‘lmasligi kerak. SHHT bunday holatlarga keskin qarshi chiqishi muhim”, — dedi vazir.

Shunga ko‘ra, bu deklarasiya natijalariga imzo qo‘ymaslik – Hindistonning SHHTdagi so‘zsiz munosabatini anglatadi.

Kiritildi: 11:44 27.06.2025. O'qildi: 606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!