Hindiston hukumati Nyu-Dehlidagi tarixiy Qizil Fortda avtomobil portlatib yuborilishini terakt sifatida tan olish haqidagi rezolyusiyani qabul qildi.
Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modining idorasi xavfsizlik masalalari bo‘yicha vazirlar mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
Hukumat qarorida qayd etilishicha, mamlakat “Qizil qal’ada avtomobilni portlatib yuborish orqali antimilliy kuchlar tomonidan sodir etilgan dahshatli terrorchilik harakati”ga guvoh bo‘lgan.
Vazirlar Mahkamasi tergovni o‘ta zudlik bilan va professionallik bilan olib borish, barcha aybdorlar, sheriklar va homiylar zudlik bilan aniqlanib, javobgarlikka tortilishini ta’minlashni buyurdi.
Qarorda vaziyat doimiy ravishda hukumat tomonidan yuqori darajada ko‘rib chiqilayotgani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr oqshomida Hindiston poytaxtidagi Red Fort metro bekati yaqinida (xuddi shu nomdagi diqqatga sazovor joy yaqinida – tahr.) minalashtirilgan avtomobil portlagan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq kishi jarohatlangan. Terakt yuzasidan tergov ishlari Milliy tergov byurosiga topshirildi.