Bu hafta Hindistonning shimoli-sharqida, Pokiston va Afg‘onistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari natijasida kamida 82 kishi halok bo‘ldi.
Suv toshqinlari qishloq xo‘jaligi yerlari, infratuzilma va jamoat ob’ektlariga jiddiy zarar yetkazgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Rasmiylar bu hodisani "misli ko‘rilmagan ofat" deb atashdi. Bu Hindistonda suv toshqini bilan bog‘liq o‘limlarning umumiy sonini 36 taga yetkazdi, bo‘rondan 650 mingdan ortiq odam jabr ko‘rdi.
Afg‘onistonning shimoli-sharqidagi Nuriston viloyati va Pokistonning Xayber Paxtunxva viloyatida so‘nggi 72 soat ichida kamida 46 kishi halok bo‘ldi va kamida 100 kishi jarohat oldi. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, infratuzilma jiddiy zarar ko‘rgan, uylar va mehmonxonalar suv ostida qolgan va odamlar hali ham vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida qolib ketgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Afg‘oniston va Pokiston iqlim o‘zgarishiga eng zaif mamlakatlar qatoriga kiradi, chunki suv toshqinlari, qurg‘oqchilikning kuchayishi, muzliklarning erishi va suv tanqisligi millionlab odamlarni xavf ostiga qo‘ymoqda.