Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Hindiston musulmon fondlari ustidan nazoratni kuchaytirish uchun qonun qabul qildi

Hindiston musulmon fondlari ustidan nazoratni kuchaytirish uchun qonun qabul qildi

Hindistonda 8 aprel kuni musulmonlarga tegishli mulklar ustidan markaziy hukumat nazoratini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasi kuchga kirdi.

Hindustan Times xabariga ko‘ra, Hindistonning ozchiliklar ishlari vazirligi 1995 yildagi “Vaqf to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish uchun kiritilgan “Musulmonlar vaqflari” (Vaqf) to‘g‘risidagi qonun loyihasi haqida bayonot berdi.

Bayonotda, parlament tomonidan qabul qilingan qonun loyihasi prezident Drupadi Murmuning roziligini olgandan keyin 8 aprel kuni kuchga kirgan.

Ko‘plab musulmon tashkilotlari va muxolif deputatlar bu qonun musulmonlar va ularning asosiy huquqlariga “to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum” ekanini e‘lon qilib, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qildi.

Hindistonda markaziy hukumatning “Vaqf to‘g‘risida”gi qonuni 3 aprel kuni parlament quyi palatasi, 4 aprel kuni esa yuqori palatasi tomonidan qabul qilindi.

Qonun loyihasi prezident Drupadi Murmu tomonidan ma’qullanganidan keyin 5 aprel kuni kuchga kirdi.

Kiritildi: 06:53 09.04.2025. O'qildi: 1301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!