Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Hindiston janubida suv toshqini katta talafot yetkazdi

Hindiston janubida suv toshqini katta talafot yetkazdi

Hindiston janubida yoqqan kuchli yomg‘ir Chennay shahrining ayrim qismlarida suv toshqiniga olib keldi va ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy polisiya xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, noqulay ob-havo tufayli shaharda yaqinda qurilgan devor qulab tushgan, odamlar vayronalar ostida qolib ketgan.

“Ikki kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi”, dedi polisiya.

Kuchli shamol va yomg‘ir uylarning vayron bo‘lishiga, elektr uzatish tarmoqlarining uzilishiga olib keldi. Shaharning ko‘plab yo‘llari va maydonlari suv ostida qolgan. Qutqaruvchilar suv bosgan hududlardan bir necha o‘nlab odamlarni evakuasiya qilishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi.

Chennay aeroportida samolyotlarning qo‘nishi va jo‘nashi bir necha soatga, shahar atrofidagi poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar beradi tass.ru.

Kiritildi: 15:25 04.12.2023. O'qildi: 1373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!