Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Hindiston hukumati Trampning rejalashtirgan sanksiyalari fonida Rossiya bilan neft shartnomalarini uzmoqchi

Hindiston hukumati Trampning rejalashtirgan sanksiyalari fonida Rossiya bilan neft shartnomalarini uzmoqchi

Manbalarga ko‘ra, Dehli bu qarorni allaqachon barcha diplomatik va rasmiy kanallar orqali Kremlga yetkazgan.

Ma’lum qilinishicha, Hindiston rahbariyati, xususan Bosh vazir Modi, oxirgi paytgacha Rossiyani qo‘llab-quvvatlash va sanksiyalarga qaramay u bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirgan. Biroq Tramp tomonidan aytilgan hind tovarlariga 100 foizlik boj joriy etish tahdidi vaziyatni tubdan o‘zgartirdi.

“Albatta, Rossiya va Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar butunlay uzilmaydi, biroq sanksiya ostidagi mahsulotlarni Dehli Moskvadan sotib olmaydi. Gap neft va neft mahsulotlari haqida bormoqda. Qaror qabul qilingan va yakuniy tasdiqlangan, shuning uchun Kreml ham, shaxsan prezident Putin ham hind hamkasblarining pozisiyasini o‘zgartira olmaydi”, — deya bildiradi Rossiya TIVdagi manbalar.

Kiritildi: 22:35 27.07.2025. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!