Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Hindiston harbiy bazasiga uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

A A A
Hindiston harbiy bazasiga uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimoli-g‘arbidagi Panjob shtatidagi harbiy bazaga uyushtirilgan qurolli hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi.

Hindiston armiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Batinda viloyatidagi harbiy bazaga hujum mahalliy vaqt bilan soat 04:35da sodir bo‘lgan.

Unga ko‘ra, baza atrofi o‘rab olingan, qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Batinda polisiyasining yuqori martabali zobiti Gulnit Singx Xurana NDTV telekanaliga bergan intervyusida voqea “shaxsiy adovat” tufayli sodir bo‘lganini va terrorchilik hujumi emasligini aytdi.

Kiritildi: 21:05 12.04.2023. O'qildi: 2010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!