Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Hindiston ballistik raketani temir yo‘l qurilmasidan uchirdi

A A A
Hindiston ballistik raketani temir yo‘l qurilmasidan uchirdi

Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singxning ma’lum qilishicha, Hindiston o‘rta masofaga mo‘ljallangan Agni-Prime ballistik raketasini mobil temir yo‘l qurilmasida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

“Mobil temir yo‘l platformasidan raketa uchirilishi Hindistonning strategik to‘xtatib turish qobiliyatining ortib borayotganini namoyon etdi”, deb yozadi vazir X ijtimoiy tarmog‘ida.

Agni-Primening muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazilgani Hindistonga mobil temir yo‘l qurilmalardan raketalarni uchirish imkoniyatiga ega davlatlar guruhiga qo‘shilish imkonini berdi, deya qo‘shimcha qildi Singx.

Agni-Prime ballistik raketasi Hindistonning yangi avlod raketa tizimining bir qismidir. U 2000 kilometr uzoqlikdagi nishonlarni urishga qodir, deb xabar berdi tass.ru.

Kiritildi: 14:43 27.09.2025. O'qildi: 1654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik