Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Hindiston 2 mlrd dollarga Rossiya atom suvosti kemasini ijaraga oladi — Bloomberg

Hindiston 2 mlrd dollarga Rossiya atom suvosti kemasini ijaraga oladi — Bloomberg

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Hindistonga tashrifi arafasida hindistonlik rasmiylar Rossiyadan atom suvosti kemasini ijaraga olish bo‘yicha bir necha yillardan beri davom etayotgan muzokaralarni nihoyasiga yetkazdi, deya xabar bermoqda agentlik manbalariga tayanib.

"Hindiston kemani 10 yilga 2 milliard dollar evaziga ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Narx shartnoma amal qiladigan muddat davomida texnik xizmat ko‘rsatishni ham o‘z ichiga oladi. Kema yadro raketalarini tashishga qodir, biroq shartnomaga ko‘ra, undan urushda foydalanish mumkin emas", deya yozmoqda Bloomberg.

Hindistonga atom suvosti kemasini o‘z dengizchilari uchun tayyorgarlik ko‘rish va o‘z flotining kemalari bilan operasiyalarni tashkil qilishni o‘rganish uchun zarur. Mamlakatda hozirda ikkita atom suvosti kemasi bor, biroq Rossiyadan olinadigan kema ulardan kattaroq bo‘ladi.

Kiritildi: 20:55 04.12.2025. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!