Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindiston 11 kishini Pokiston foydasiga josuslikda gumon qilmoqda

Hindiston 11 kishini Pokiston foydasiga josuslikda gumon qilmoqda

Hindistonda uch kun ichida 11 kishi Pokiston foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib hibsga olindi. Hibsga olishlar josuslik faoliyatini cheklashga qaratilgan umummilliy harakat doirasida amalga oshirildi, deya xabar beradi India Today.

Hindiston rasmiylariga ko‘ra, ayblanuvchilar ayg‘oqchilik tarmog‘iga, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va xabar almashish ilovalari orqali, pul rag‘batlantirish uchun va Pokistonga tashrifi chog‘ida shaxsan o‘zi jalb qilingan. Hibsga olinganlarning barchasi 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar, deya aniqlik kiritmoqda telekanal. Hibsga olishlar uch shtatda – Xaryana, Panjob va Uttar-Pradeshda bo‘lib o‘tdi.

NDTVning xabar berishicha, hibsga olinganlar orasida Pokistonga ikki marta tashrif buyurgan sayyohlik bloggeri Joti Malxotra, shuningdek, siyosatshunoslik talabasi, qo‘riqchi va tadbirkor Shahzod bor.

22 aprel kuni Jammu va Kashmirda pokistonliklar o‘t ochib, 26 sayyohni otib o‘ldirganidan keyin Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro keskin avj oldi. Hindiston bunda Pokiston hukumatini aybladi va bunga javoban Sindoor operasiyasini boshladi. 7-11 may kunlari davom etgan to‘rt kunlik harbiy qarama-qarshilik ikki davlat harbiylari o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilishi bilan yakunlandi. Otashkesim Pokiston tashabbusi bilan boshlangan.

Kiritildi: 18:32 20.05.2025. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!