Hoqon Fidanning ta’kidlashicha, Turkiya davom etayotgan adolatsiz urushda ishtirok etishni istamaydi va mamlakatni mojaroga jalb qilishga bo‘lgan har qanday urinishlarga qat’iy qarshi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara provokasiyalarga berilmaslikka qat’iy qaror qilgan va mamlakatning harbiy hamda tiyib turish salohiyati juda yuqori.
"Turkiya strategik jihatdan kuchni qachon va qayerda ishlatishni yaxshi biladi. Biroq urushni imkoni boricha tezroq diplomatik yo‘l bilan hal qilish zarur. Eronga qilingan hujumlar darhol to‘xtatilishi kerak, shuningdek Eronning qo‘shni davlatlarga hujumlari ham to‘xtashi lozim. Shu bilan birga, tomonlar tez orada muzokaralarga qaytishi kerak", — deya fikr bildirdi Turkiya TIV rahbari.