Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Haydovchi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysinmay «TUNGI KAPALAK» qizlarni olib qochib ketdi”

"Haydovchi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysinmay «TUNGI KAPALAK» qizlarni olib qochib ketdi”

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Oq Neksiya haydovchisi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysinmay «TUNGI KAPALAK» qizlarni olib, qochib ketdi” sarlavhasi ostida joylashtirilgan videotasvir yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Ushbu holat bo‘yicha videotasvirlar joriy yilning 22 mart kunidan 23 mart kuniga o‘tar kechasi soat taxminan 02.00 da Yashnobod tumani Shahrisabz ko‘chasida tasvirga olinganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, Yashnobod tumani IIO FMB 2-son IIB tomonidan xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari o‘z xizmat yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan vaqtda, oq rangli “Nexia” rusumli avtomobil egasi 27 yoshli Abror X. ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtash ishorasi ko‘rsatilganiga qaramasdan, o‘z harakatini davom ettirgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasi  (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylandi.

Tez orada ushbu holat bo‘yicha videolavha orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin, deydi "iibb.uz".

Kiritildi: 15:59 25.03.2020. O'qildi: 5443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!